Davlat xavfsizlik xizmati tomonidan Yaponiyaga ishga yuborish bilan bog‘liq noqonuniy holatlar fosh etildi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Andijon shahrida yashovchi shaxs ijtimoiy tarmoqlar orqali Yaponiyaga ishga yuborish haqida e’lon tarqatib, ko‘pchilikning ishonchiga kirgan. U Toshkent shahrida istiqomat qiluvchi fuqaroni rasmiy tartib-qoidalarni chetlab o‘tgan holda, ishga joylashtirish evaziga 7400 AQSH dollari olgan vaqtda qo‘lga olindi.
Boshqa holatda esa Andijon viloyatining Oltinko‘l tumanida yashovchi shaxs va uning Toshkentdagi tanishi poytaxtlik fuqaroning ishonchiga kirib, Yaponiyaga ishga yuborish evaziga 2500 AQSH dollari talab qilgan. Ulardan biri pulni olgan paytda ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olindi.
Har ikkala holat bo‘yicha Jinoyat kodeksining 168-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!