Jamiyat, Siyosat

Taksichilik qilish uchun litsenziya olish talab etiladi

Taksichilik qilish uchun litsenziya olish talab etiladi

Prezident qaroriga muvofiq, shahar, shahar atrofi va shaharlararo yo‘lovchi tashish bilan shug‘ullanuvchi haydovchilar endilikda litsenziya varaqasiga ega bo‘lishi shart.

Hujjatga ko‘ra, 2025-yil apreldan boshlab ushbu talab buzilganda quyidagi tartib qo‘llaniladi:

🔸Birinchi marta qoidabuzarlik aniqlansa, ogohlantirish beriladi.
🔸Agar 3 kun ichida kamchilik bartaraf etilmasa yoki takrorlansa, sayyor soliq tekshiruvi o‘tkaziladi.
🔸Tekshiruv natijalariga asosan rasmiy qaror qabul qilinadi.

Bu o‘zgarish taksichilarning faoliyatini tartibga solish va yo‘lovchi tashish sohasida qonuniylikni ta’minlashga qaratilgan.