Jamiyat

Toshkentning bir qator hududulari gazdan uziladi

Toshkentning bir qator hududulari gazdan uziladi

Bugun, 5-mart kuni poytaxtning Yashnobod, Mirobod, Olmazor va Shayxontohur tumanlarining ayrim hududlarida tabiiy gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi. Bu haqda “Hududgaz poytaxt” ma’lumot tarqatdi.

Unga ko‘ra, Yashnobod tumani, Farg‘ona yo‘li ko‘chasidan o‘tuvchi o‘rta bosimli gaz quvuridagi gaz sizib chiqish holatini bartaraf etish maqsadida Yashnobod va Mirobod tumanlarining ayrim hududlarida 5 mart 12:00 dan 6 mart 08:00 gacha tabiiy gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi.

Yashnobod tumani

Aholi iste’molchilari: “Obisher” MFYdagi 16 ta ko‘p qavatli uy va 370 ta yerli xonadon, “Assalom sohil”dagi 20 ta ko‘p qavatli uy. “M. Ashrafiy” MFYdagi 120 ta yerli xonadon. Ulgurji iste’molchilar soni: 35 ta.

Mirobod tumani

Aholi iste’molchilari: “Qorasuv” MFYdagi 38 ta ko‘p qavatli uy, “Tong yulduzi” MFYdagi 14 ta ko‘p qavatli uy va 125 ta yerli xonadon. Ulgurji iste’molchilar soni: 25 ta. Shuningdek, Mirobod tumanidagi “Oltinko‘l”, “Furqat” va “Yangi zamon” MFYlarida bosim pasayishi ehtimoli mavjud.

Bundan tashqari, ta’mirlash ishlari tufayli Olmazor va Shayxontohur tumanlarining ayrim hududlariga 5 mart kuni soat 10:30 dan 15:00 gacha tabiiy gaz yetkazib berish vaqtincha to‘xtatiladi.

Olmazor tumani

Aholi iste’molchilari soni: “Hastimom” MFYdagi 135 ta yerli xonadon. Ulgurji iste’molchilar soni: 1 ta.

Shayxontohur tumani

Aholi iste’molchilari soni: “Gulbozor” MFYdagi 80 ta yerli xonadon va 54 ta ko‘p qavatli uy. Ulgurji iste’molchilar soni: 1 ta

Ta’mirlash ishlari tugatilgandan so‘ng, tabiiy gaz ta’minoti qayta tiklanadi.