Jamiyat

Vazir Qo‘ldoshevning nega ishdan ketgani ma’lum bo‘ldi

Vazir Qo‘ldoshevning nega ishdan ketgani ma’lum bo‘ldi

Prezident Shavkat Mirziyoev raisligida Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha milliy kengashning korrupsiyaning oldini olish bo‘yicha ishlar natijadorligi va kelgusidagi ustuvor vazifalarga bag‘ishlangan kengaytirilgan yig‘ilish bo‘lib o‘tmoqda.

Unda o‘tgan haftada ishdan olingan Favqulodda vaziyatlar vaziri Abdulla Qo‘ldoshevning nima sabadan ishdan ketkazilganligi haqida Prezident o‘z nutqida ma’lum qilgan.

“Ilgari investitsiya dasturiga kirgan ob’ektlarni quradigan pudratchilar mingtaga ham yetmasdi. O‘tgan yili 13,5 mingta ob’ekt qurilishida 4 mingdan ziyod pudratchi ishtirok etdi. Soha raqamlashgani hisobiga o‘tgan 4 yilda 3,6 trillion so‘m budjet mablag‘i tejaldi. Lekin, qurilishga ruxsat berish, binoni topshirishda yong‘in xavfsizligi bo‘yicha byurokratiya va qonun buzilish ko‘payib ketgani uchun o‘tgan hafta favqulodda vaziyatlar vaziri va uning o‘rinbosarlari ishdan olindi”, deb aytib o‘tgan Sh.Mirziyoyev.