Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent viloyati Bo‘ka tumani hokimi Baxtiyor Begmatov qo‘l ostidagi xodimlarni so‘kkani yozib olingan audio tarqaldi.
Toshkent viloyati hokimligi matbuot kotibi Behzod Qobulov bu borada quyidagilarni ma‘lum qildi.
Uning bildirishicha, ovoz haqiqatda hokimga tegishliligi bo‘yicha ekspertiza tayinlangan va ish viloyatning odob-axloq komissiyasi tomonidan ko‘rib chiqiladi. Ovoz sun‘iy intellekt yordamida ishlangan bo‘lishi ehtimoli ham bor, deydi matbuot kotibi B. Qobulov.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!