Isroil mudofaa armiyasining bosh shtabi yangi rahbari Eyal Zamir 2025-yil G‘azo sektori va Eronga qaratilgan urush yili bo‘lishini bildirdi, deb The Jerusalem Post nashri xabar berdi.
Ma‘lumotlarga qaraganda, Zamir tegishli bayonotni oliy harbiy qo‘mondonlikka murojaatida ma‘lum qilgan. U Isroil armiyasi boshqa yo‘nalishlarga ham e‘tibor qaratishini ta‘kidlagan. Zamir “g‘alaba” tushunchasiga muhim qadriyat sifatida urg‘u bergan. Uning aytishicha, so‘nggi yillarda Isroil armiyasi nisbiy g‘alaba yoki tiyib turishgagina e‘tibor berilgan.
Zamir 5-mart kuni rasman Isroil mudofaa armiyasi bosh shtabi boshlig‘i lavozimiga kirishdi. Marosimda Zamirga Isroil armiyasidagi eng yuqori general-leytenant unvoni tantanali ravishda topshirildi. Bosh shtabning yangi rahbari ishonch uchun minnatdorlik bildirdi va Isroilni harbiy muvaffaqiyatlarga olib borishga va‘da berdi.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!