Siyosat

O‘zbekiston U-23 terma jamoasiga bosh murabbiy tayinlandi

O‘zbekiston U-23 terma jamoasiga bosh murabbiy tayinlandi

O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi murabbiylar kengashi yig‘ilishida U-23 terma jamoasi boshqaruviga nomzod murabbiylar muhokama qilindi.

Bildirilgan taklif va mulohazalardan kelib chiqib, yoshlar bilan ishlash bo‘yicha yurtimizning eng tajribali mutaxassislaridan biri, «O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sport ustozi» faxriy unvoni sohibi Ravshan Haydarov O‘zbekiston U-23 terma jamoasi bosh murabbiyi etib tayinlandi.

Aytish lozim, Ravshan Haydarov bosh murabbiyligida turli yosh toifasidagi terma jamoalarimiz o‘z vaqtida ikki karra Osiyo chempionligiga erishgan, ikki marta yoshlar terma jamoamiz Jahon chempionatida ishtirok etgan.

Ma’lumot uchun: R.Haydarov 2014-2015 yillari O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasida, 2015-2017 yillar terma jamoada faoliyat yuritgan. 2018 yil yoshlar terma jamoasi ustozi sifatida qitʼa chempionligini qo‘lga kiritgan. 2023 yil Haydarov bosh murabbiyligidagi O‘zbekiston U-20 terma jamoasi Osiyo chempionligiga erishgan.