Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy 6-mart kuni Turkiyaga tashrif buyurgan edi. Uchrashuvda Turkiya zarurat tug‘ilganda Ukrainaga qo‘shin yuborishga tayyorligini bildirdi, deb Reuters xabar berdi.
Missiyaga hissa qo‘shish masalasi, agar u mintaqaviy barqarorlik va tinchlik o‘rnatish uchun zarur deb topilsa, ko‘rib chiqiladi va barcha tegishli tomonlar bilan o‘zaro baholanadi, deyiladi Anqara manbasi.
Yevropaning asosiy harbiy kuchlari hisoblangan Britaniya va Fransiya kelajakdagi tinchlik shartnomasidan so‘ng Ukrainada o‘t ochishni to‘xtatishni nazorat qilish uchun o‘z qo‘shinlarini joylashtirishni muhokama qilgan. AQSH esa ushbu harakatga qo‘shilmasligini ta‘kidlagan.
Ukrainaga ko‘ra, har qanday tinchlik kelishuvi xavfsizlik kafolatlarini ta‘minlash uchun katta kuchni talab qiladi. Rossiya NATOga a‘zo davlatlar o‘z harbiylarini Ukrainaga joylashtirishiga qarshi. AQSH prezidenti Donald Trampning aytishicha, kelajakda Rossiya bunga rozi bo‘lishi mumkin.
Turkiya harbiylarining joylashtirilishi bo‘yicha muhokamalar konseptual bo‘lib qolmoqda, aniq qarorlar hali qabul qilinmagan, dedi anonim turk manbalari.
Agar Turkiya qo‘shinlarini kiritadigan bo‘lsa, birinchi navbatda Ukraina va Rossiya o‘rtasida o‘t ochishni to‘xtatish kuchga kirishi kerak. Shuningdek, bu jarayonda jangovar bo‘linmalar ishtirok etishi lozim.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!