AQSh ning aerokosmik kompaniyasi Maxar Technologies Ukrainadagi foydalanuvchilar uchun sun‘iy yo‘ldosh tasvirlariga kirishni yopdi, deya o‘z manbalariga tayanib, “Militarnyi” nashri xabar berdi.
Unga ko‘ra, kompaniya bu qarorni “ma‘muriy so‘rov” asosida qabul qilganini bildirgan. O‘chirish AQSHning Ukrainaga razvedka ma‘lumotlarini taqdim etish taqiqlanganidan keyin sodir bo‘lgan.
Maxar xizmatiga kirishning yopilgani haqidagi ma‘lumotni Ukraina kiberjamiyati Kiberboroshno ham tasdiqlagan. Birlashma vakillarining so‘zlariga ko‘ra, endi ular nafaqat Rossiyaga oid, balki dunyoning boshqa qismlariga tegishli sun‘iy yo‘ldosh tasvirlarini ham ocholmayapti.
“Militarnyi” nashrining yozishicha, Maxar Ukrainaga tijorat sun‘iy yo‘ldosh tasvirlarining asosiy yetkazib beruvchisi bo‘lib, Ukraina armiyasi ushbu tasvirlar orqali Rossiya qo‘shinlarining harakatini kuzatib borgan va bosib olingan hududlar hamda Rossiyadagi muhim ob‘ektlarga zarbalar natijasini baholagan.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!