Jahon, O‘zbekiston

AQSHdagi o‘zbekistonliklar uchun muhim ogohlantirish

AQSHdagi o‘zbekistonliklar uchun muhim ogohlantirish

O‘zbekistonning Nyu-York shahridagi Bosh konsulxonasi AQSHda yashayotgan va eski namunadagi pasportga ega fuqarolarga murojaat qildi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Ahror Burxonov ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, 2020-yil 1-yanvardan boshlab eski namunadagi (nobiometrik) pasportlar o‘z kuchini yo‘qotgan. Shu sababli AQSHda bo‘lib turgan va ushbu pasportga ega fuqarolar O‘zbekistonga qaytish uchun maxsus qaytish guvohnomasini rasmiylashtirishlari kerak. Buning uchun ular O‘zbekistonning AQSHdagi vakolatxonalari – Vashingtondagi elchixona yoki Nyu-Yorkdagi konsullikka murojaat qilishlari lozim.

Diplomatik vakolatxonalar muddati o‘tgan yoki hali amal qilish muddati tugamagan eski pasport egalari uchun qaytish guvohnomasi berilishini eslatib, ushbu masalada kechikmaslikni tavsiya etmoqda.