Havoni tozalash xususiyatiga ega birinchi eko-mural chizildi
Havoni filtrlash xususiyatiga ega Oʻzbekistondagi birinchi eko-mural Toshkent shahrining Sergeli tumanidagi koʻp qavatli uylarga chizildi. Mural muallifi rassom Nadiyejda Riksiyeva boʻlib, loyiha mahalliy tijorat banklaridan birining koʻmagi bilan amalga oshirilgan.
U shunchaki art-obyekt emas, 250 kvadrat metrli hudud havosini tozalashga qodir haqiqiy havo filtri sanaladi. Unda foydalanilgan boʻyoqlar daraxt kabi ifloslangan havoni kislorodga aylantirish xususiyatiga ega. Bunda ifloslangan havo zarrachalari azot oksidlari rasm sirtiga choʻkadi. Quyosh nuri taʼsirida oksidlanish jarayoni boshlanadi. Azot oksidlari xavfsiz nitratlarga, ozon esa kislorodga aylanadi. Yomgʻir yogʻganida yuvilib, havoni tozalash jarayoni yana qayta boshlanadi.
Sanʼat va ekologiya uygʻunligi shaharni nafaqat chiroyli qiladi, balki fuqarolarning hayot sifatini yaxshilash uchun haqiqiy hissa sanaladi.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!