Qo‘shma Shtatlarda Kennedining o‘ldirilishi haqidagi hujjatlar maxfiylikdan chiqarildi
AQSH Milliy arxivi sayti Jon Kennedi va boshqa siyosatchilarning o‘ldirilishi haqidagi hujjatlarni eʼlon qildi. Hujjatlarga kirish arxivning rasmiy veb-saytida, shuningdek, shaxsan bosma shaklda yoki analog tashuvchilarda mavjud bo‘ladi.
«Prezident Jon Kennedining o‘ldirilishi haqidagi hujjatlar to‘plami suiqasd bilan bog‘liq 6 million sahifadan ortiq hujjatlardan iborat. Bu to‘plamning katta qismi maxfiylikdan avvalroq ham chiqarilgan va jamoatchilikka internet orqali taqdim etilgan», deyiladi hisobotda.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!