Telegram ijtimoiy tarmogʻi orqali ish haqi toʻgʻrisida maʼlumot beruvchi “Oylikbot” (chat boti) faoliyati toʻxtatildi, deb Iqtisodiyot va moliya vazirligi maʼlum qildi.
Xabarga koʻra, endilikda uning oʻrniga muqobil sifatida yaratilgan, xavfsiz va foydalanish uchun qulay boʻlgan “Moliyachi” axborot tizimi ishga tushiriladi.
Mazkur dastur ishga tushirilgandan soʻng, xodimlar bevosita ish haqi va boshqa zarur maʼlumotlarni dasturdan yuklab olish imkoniyatiga ega boʻlishi mumkin.
Vazirlik ushbu axborot tizimi qachon ishga tushirilishi ochiqlamagan.
“Dasturning ishga tushirilishi haqida rasmiy ijtimoiy tarmoq sahifalarimizda qoʻshimcha axborot taqdim etiladi”, deyiladi xabarda.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!