Jamiyat

30 ta mahallaga video kuzatuv kameralari oʻrnatiladi

30 ta mahallaga video kuzatuv kameralari oʻrnatiladi

Toshkent viloyatida 30 ta aholi punktiga videokuzatuv kameralari o‘rnatiladi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot kotibi xabar berdi.

Toshkent viloyatidagi 30 ta aholi punktida xavfsizlikni ta’minlash maqsadida videokuzatuv kameralari o‘rnatiladi. Mazkur doiradagi tadbirlar uchun Toshkent viloyati Ichki ishlar bosh boshqarmasiga 2 milliard 250 million so’m miqdorda mablag’ ajratilgan.

Kameralar jinoyatchilikni kamaytirish va jamoat tartibini nazorat qilishga xizmat qiladi.