Jamiyat, Siyosat

Davlat idoralari bitta binoga koʻchiriladigan tuman-shaharlar maʼlum qilindi

Davlat idoralari bitta binoga koʻchiriladigan tuman-shaharlar maʼlum qilindi

Joriy yilning 19-mart kuni Prezident Shavkat Mirziyoyevning kichik va o‘rta biznes vakillari bilan uchrashuvida O‘zbekistonning 15 ta tuman va shahrida barcha davlat idoralari tumanlar markazidagi bitta ko‘p qavatli binoga ko‘chirilishi ma’lum qilingandi. Prezidentning o‘sha kuni qabul qilingan farmoni bilan bu amaliyot yo‘lga qo‘yiladigan hududlar ro‘yxati tasdiqlandi.

Ushbu tuman va shaharlarda davlat idoralaridan bo‘shaydigan 150 ta bino auksionda tadbirkorlarga taklif qilinadi:

Ma’lum qilinishicha, mazkur tuman va shaharlarda tadbirkorlik sub’ektlarini huquqni muhofaza qiluvchi organlar, kommunal xizmatlar ko‘rsatishga ixtisoslashgan tashkilotlar va sog‘liqni saqlash muassasalaridan tashqari boshqa mahalliy davlat hokimiyati organlari binolarida joylashtirish choralari ko‘riladi.

Bildirilishicha, 2025 yilda mahalliy boshqaruv organlari va davlat tashkiloti joylashgan binolarga tadbirkorlik sub’ektlarini joylashtirish dasturi amalga oshiriladigan tuman va shaharlar ro‘yxatiga Iqtisodiyot va moliya vazirligi taklifiga asosan Vazirlar Mahkamasi Rayosati bayoni bilan tegishli o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilishi mumkin.