Jamiyat

Ramazon hayiti munosabati bilan 488 nafar mahkum avf etildi

Ramazon hayiti munosabati bilan 488 nafar mahkum avf etildi

Ramazon hayiti munosabati bilan jazo muddatini o`tayotgan hamda qilmishiga chin ko`ngildan pushaymon bo`lgan va tuzalish yo`liga qat’iy o`tgan 488 nafar shaxs afv etildi.

Afv etilgan shaxslarning 100 nafari asosiy jazodan to`liq ozod etildi, 268 nafari jazoni o`tashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi, 34 nafarining ozodlikdan mahrum etish jazosi engilroq jazo bilan almashtirildi. Shuningdek, 86 nafar shaxslarga tayinlangan ozodlikdan mahrum etish jazosining muddatlari qisqartirildi.

Afv etilganlarning 17 nafarini chet el fuqarolari, 37 nafarini ayol, 37 nafarini 60 yoshdan oshgan erkaklar, 167 nafarini yoshlar (shulardan, 1 nafari voyaga etmagan) hamda 5 nafarini taqiqlangan tashkilotlar faoliyatida qatnashgan shaxslar tashkil etadi.