Hayit namozini yuqori saviyada va tartibli o‘tkazish, fuqarolarga zarur shart-sharoit yaratish va ularning xavfsizligini ta’minlash maqsadida 30-mart soat 00:00 dan 7.30 gacha poytaxtning quyidagi ko‘chalari va yo‘llarda avtotransport vositalarining harakati vaqtincha to‘xtatiladi:
Mirzo Ulug‘bek tumani:
«To‘ra buva» masjidi oldidagi Buyuk Ipak yo‘li ko‘chasi – Sho‘rtepa ko‘chasidan, Buyuk Ipak yo‘li – Sultoniya ko‘chasigacha.
Bektemir tumani:
«Xo‘ton» masjidi oldidagi Bektemir shoh ko‘chasi – Xusayn Boyqaro ko‘chasidan Bektemir yo‘li ko‘chasigacha.
Olmazor tumani:
«Islomobod» masjidi oldidagi KXAY ko‘chasi – KXAY – Sag‘bon ko‘chalari chorrahasidan, Nurafshon – Sag‘bon ko‘chalari chorrahasigacha. «Hazrati imom» masjidi oldidagi Qorasaroy ko‘chasi – Qorasaroy – Nurafshon ko‘chalari chorrahasidan, Qorasaroy – Abdulla Qodiriy ko‘chalari chorrahasigacha.
«Do‘stjonboy» masjidi oldidagi Sag‘bon-Sag‘bon 12-tor ko‘chalari kesishmasidan, Keles yo‘li – Noraztepa ko‘chalari chorrahasigacha.
Shayxontohur tumani:
«Shayx Zayniddin» masjidi oldidagi Ko‘kcha Darvoza – Nurafshon ko‘chalari chorrahasidan Ko‘kcha Darvoza – Beshqayrag‘och ko‘chalari chorrahasigacha.
«Xo‘ja Allambardor» masjidi oldidagi Bunyodkor – Kamolon ko‘chalari chorrahasidan Kamolon – Ustazoda 2-tor ko‘chalari chorrahasigacha.
«Kox ota» masjidi oldidagi Sebzor ko‘chasi – Nurafshon – Sebzor ko‘chalari chorrahasidan Nurafshon – Labzak ko‘chalari chorrahasigacha.
Chilonzor tumani:
«Ubay ibn Ka’b» masjidi oldidagi Al-Xorazmiy ko‘chasi – Al Xorazmiy – Xirmontepa ko‘chalari chorrahasidan Al Xorazmiy – Katta qani chorrahasigacha.
«Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf» masjidi oldidagi So‘galli ota ko‘chasi – Al-Xorazmiy – So‘galli ota ko‘chalari kesishmasidan Xonabod 2-berk ko‘chasidan – So‘galli ota ko‘chasigacha. «Novza» masjidi oldidagi Bunyodkor-Muqimiy ko‘chalari kesishgan ko‘prik ostidan Oliy Majlis binosi qarshisigacha bo‘lgan yo‘lda harakat cheklanadi.
Uchtepa tumani:
«Abdulloh ibn Ma’sud» masjidi oldidagi Lutfiy ko‘chasi – Lutfiy – Xirmontepa ko‘chalari chorrahasidan Lutfiy – Katta qa’ni ko‘chalari chorrahasigacha.
«Hazrati Ali» masjidi Nazarbek-Mahorat ko‘chalari chorrahasidan Nazarbek – Zamaxshariy 1-tor ko‘chalari chorrahasigacha.
Yunusobod tumani:
«Minor» masjidi oldidagi KXAY ko‘chasi – KXAY va Ko‘rgazma ko‘chalari chorrahasidan KXAY –Sh.Rashidov ko‘chalari chorrahasigacha. «Mirzo Yusuf» masjidi oldidagi Bog‘ishamol ko‘chasi – Bog‘ishamol ko‘chasidan Shivli ko‘chasigacha.
Yakkasaroy tumani:
«Usmon bin Ma’zun» masjidi oldidagi KXAY ko‘chasi – KXAY – Qushbegi chorrahasidan KXAY – Fayzli Toshkent ko‘chalari chorrahasigacha.
Sergeli tumani:
«Nurul Islom» masjidi oldidagi TXAY-Fayzli Toshkent ko‘chalari chorrahasidan, TXAY-Qumariq ko‘chalari chorrahasigacha.
Yashnobod tumani:
«Islom ota» masjidi oldidagi Farg‘ona yo‘li ko‘chasi – Farg‘ona yo‘li – Fitrat ko‘chalari chorrahasidan Farg‘ona yo‘li – Tolimarjon ko‘chalari chorrahasigacha.
Mirobod tumani:
«Qo‘yliq ota» masjidi oldidagi TXAY ko‘chasi – Qo‘yliq bozori ko‘prik ostidan TXAY va Munis ko‘chalari chorrahasigacha cheklanadi. Masjidlar joylashgan boshqa ko‘chalarda ham avtotransport vositalarining harakati vaqtincha cheklanadi.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!