Jamiyat

Saida Mirziyoyeva oilaviy zoʻravonlikka qarshi qonunga kiritilgan oʻzgartirish yuzasidan munosabat bildirdi

Saida Mirziyoyeva oilaviy zoʻravonlikka qarshi qonunga kiritilgan oʻzgartirish yuzasidan munosabat bildirdi

9-aprel — oiladagi zo‘ravonlikka qarshi qonun qabul qilinganiga ikki yil to‘lgan kunda Prezident qonunchilikka nikohdan ajratishda sudlar tomonidan tayinlanadigan “yarashtirish davri”ni bekor qilishga oid juda muhim o‘zgartirish kiritilishini tasdiqladi. Kurash hech qachon tugamaydi, deb Prezident yordamchisi Saida Mirziyoyeva munosabat bildirdi.

Unda aytilishicha, buni ayollarni oiladagi zo‘ravonlikdan himoya qilish, ularning huquqlarini hurmat qilish yo‘lidagi katta qadam deb hisoblayman. Agar oilada inson qadr-qimmati hurmat qilinmasa va u jismoniy, psixologik yoki iqtisodiy tahqirlarga duch kelsa, u yerda murosaga kelish, yarashish har qanaqasiga imkonsizdir.

Bu nafaqat ayollar, balki shunday sharoitda yashayotgan va tarbiyalanayotgan bolalar uchun ham muhimdir.

Qonunchilikka ushbu tuzatishlar kiritilishi ustida ishlagan katta jamoa Siz tomonda.

Yo‘l qanchalik mashaqqatli bo‘lmasin, o‘zingiz va farzandlaringiz tinchligini tanlang. Ota-onalar esa shuni yaxshi tushunib olishlari kerak: qizingizning zo‘ravonlikdan qochib uyga kelishi emas, balki zo‘ravonlikka toqat qilishga majbur bo‘lishi — haqiqiy sharmandalikdir.