Jamiyat

Istirohat bogʻlarida kinologiya punktlari tashkil etiladi

Istirohat bogʻlarida kinologiya punktlari tashkil etiladi

Poytaxtdagi istirohat bog‘lari va xiyobonlarda fuqarolarning xavfsizligini oshirish maqsadida kinologiya punktlari joriy etilishi rejalashtirilmoqda.

Loyihaga ko‘ra, Toshkent shahrining 12 ta istirohat bog‘i va xiyobonida tajriba-sinov tariqasida xizmat itlari ishtirokida faoliyat yurituvchi maxsus punktlar tashkil etiladi.

Sinov muddati shu yilning 1-oktabridan 2026-yilning 30-sentabrigacha o‘tkaziladi.