Mahmudxo‘ja Behbudiyning bir so‘zi bilan boshlasak: «Birlashgan Turkiston xalqining bo‘linishiga o‘zimiz sabab bo‘lmasak bo‘ldi!»
“Alkashning ham gapiga munosabat bildirish mumkin, lekin haqiqiy itga munosabat qilish kerak emas, garchi u o‘zini huquqshunos deb hisoblasa ham”— deya Kushirbayev o‘zining Instagram sahifasiga yozgan edi.
Bu fikrdan kimlardir o‘zini kamsitilgandek his qilib, Kushirbayev ustidan ariza yozgan. Vaholanki, unda biron-bir shaxsga nisbatan to‘g‘ridan-to‘g‘ri qaratilgan tahqirli ibora yo‘q edi.
Bugun Rasul Kushirbayev o‘zining Instagram sahifasida quyidagi e’tiroz bilan chiqdi. Kushirbayevning aytishicha, «Ariza yozgan shaxs boshqa viloyatdan, men esa Toshkent shahrida yashayman, ish esa Yangi yo‘l tumani tomonidan ko‘rilmoqda» Telefonini olib ketish jarayonida esa mutaxassis yo‘qligi ma’lum qilgan
Bundan ancha oldin, Toshkent shahar sobiq hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev jurnalistlarga nisbatan umumiy haqoratlar aytgan, Farg‘ona viloyati sobiq hokimi Shuhrat G‘aniyev esa Toshloqliklarni kamsitgan video tarqalgan edi. «Ammo ularning gaplari biron-bir shaxsga to‘g‘ridan-to‘g‘ri qaratilmaganligi uchun javobgarlikka tortilmagan», – dedi Rasul Kushirbayev.
Gapimizni bir ibora bilan yakunlaymiz. Haqiqat etigini kiyguncha yolg’on dunyoni ikki marta aylanib chiqadi. Xulosani esa sizga qoldiramiz eng qaynoq xabarlar bilan Demokrat.Uz kanali bo’ldi.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!