Jamiyat, O‘zbekiston

Avtomobillarni ijaraga beruvchi Telegram-kanallarning 90 foiz aʼzosi maktab o‘quvchilari” — viloyat YHXB boshlig‘i Namanganda avtomobillarni ijaraga

Avtomobillarni ijaraga beruvchi Telegram-kanallarning 90 foiz aʼzosi maktab o‘quvchilari” — viloyat YHXB boshlig‘i  Namanganda avtomobillarni ijaraga

Avtomobillarni ijaraga berish yo‘nalishidagi ijtimoiy tarmoq guruh va kanallarining aksariyat aʼzolari maktab o‘quvchilaridan iborat, dedi OAV bilan muloqot chogʼi Namangan viloyat IIB YHXB boshlig‘i, podpolkovnik Mansur Gaziyev.

“Bot-bot tilga olinayotgan ‘Namangan yezda’ kanalining auditoriyasini tahlil qildik. 3200 nafar aʼzosidan bor-yo‘g‘i 150 nafarga yaqini avtomobillarni ijaraga beruvchilar, qolgan 90 foizi voyaga yetmaganlar, asosan, maktab o‘quvchilari”, deydi viloyat IIB YHXB boshlig‘i.

Mansur Gaziyevga ko‘ra, avtomobillarni ijaraga beruvchilar bilan birma-bir muloqot qilinib, voyaga yetmaganlarga mashinalarni berib yuborishning yomon oqibatlari haqida ogohlantirilmoqda.

“Suhbat jarayonlaridan maʼlum bo‘lyaptiki, bunday shaxslarning ko‘pchiligi o‘zi avtomobilini ijaraga olgan yoki kredit to‘layotganlar. Agar o‘zi mashinasini boshqarib, ko‘chaga chiqsa, kuniga 200-300 ming so‘m topishi mumkin. Ijaraga berib yuborsa, soatiga shu pulni topyapti. Ammo avtomobilni olgan bolalar nobud bo‘layotgani yoki nogiron bo‘lib qolayotgani haqida o‘ylashmayapti. Avtomobiliga shikast yetkazgani uchun bolalar va ularning ota-onalari bo‘yniga 10-20 million so‘m qarz ilib qo‘yilgan holatlar bor”, deydi Mansur Gaziyev.

Namangan viloyat IIB YHXB boshlig‘ining taʼkidlashicha, avtomobilini voyaga yetmaganlarga ijaraga berayotgan shaxslarga nisbatan jazo choralarini kuchaytirish yuzasidan tegishli takliflar berilgan. Bu borada deputatlar, jamoatchilik faollari va OAV vakillari bilan hamkorlikda ishlanmoqda.