Jahon

Eronda kuchli portlash sodir bo’ldi

Eronda kuchli portlash sodir bo’ldi

Dunyo hamon notinch, butun jahon e’tiborini tortayotgan yana bir qoraxabar, Eron janubidagi Xormuzgon viloyatida joylashgan Shahid-Rajai portida 25 aprel kuni kuchli portash sodir bo’ldi , ma’lumotlarga qaraganda 36 kishi halok bo‘lgani, 1200 dan ortiq kishi jarohatlangani malum qilindi. hozirda 950 dan ortiq jarohatlanganlar shifoxonalarda birinchi yordam ko‘rsatilib, uylariga ruxsat berishgan.
Viloyat gubernatori Muhammad Ashuriy bergan bayonotda aytilishicha, portlash oqibatida koplab bino vayron bo‘ldi, va ko‘plab avtomobillar va yaqin atrofdagi uylar zarar ko‘rdi. 27 aprel tongidagi ma’lumotlarga ko‘ra, qutqaruvchilar hali ham yong‘inni bartaraf etish ishlarini davom ettirmoqda”, deyiladi xabarda. Bu degani yong’in juda kuchli bo’lgan va uni bartaraf etishga qancha kuch sarflanmasin osonlikcha o’chirib bo’lmayapti.
Bu esa halok bo‘lganlar soni kundan kunga oshishi mumkinligidan darak beradi.
Shaharning ayrim qismlarida elektr ta’minoti vaqtincha uzilgan.Fojea ortidan Eron hukumati mamlakat bo‘ylab 3 kunlik motam e’lon qildi. Sog’liqni saqlash vazirligi ma’lumotlariga kora harmuzonda favqulota holat e’lon qilingan. Mahalliy aholidan uyda qolishlari va niqob taqib yurish so’ralgan. Mamlakat prizidenti halok bo’lganlar uchun chuqur hamdardlik izhor qildi.Voqea joyida favqulodda xizmatlar, tibbiy yordam brigadalari va yong‘in o‘chirish guruhlari ishlashda davom etmoqda. Mahalliy nashrlar xabariga ko’ra, portda natriy perxlorat moddasi borligi ma’lum qilingan ushbu yonuvchi modda mart oyida  Xitoydan dengiz orqali Eronga jo‘natilgan.malumot uchun portlashga ushbu modda sababligi haqida xabarlar mavjud.Port va kemachilik tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra, bu – Erondagi eng yirik port hisoblanadi.O‘tgan yili mamlakatdagi konteynerlarning 85 foizi, shuningdek, Eron neftining katta qismi shu port orqali o’tgan. Ushbu kimyoviy modda ballistik raketalar uchun qattiq yonilg‘i tayyorlashda qo‘llaniladi va juda yuqori portlash xavfiga egaligi malum qilindi. Bu og‘ir voqea xalqaro hamjamiyat e’tiboridan ham chetda qolmadi. Turli davlatlar yetakchilari Eron rahbariyatiga ta’ziya izhor qilishdi. Xususan, O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Eron Prezidenti Mas’ud Pezeshkiyonga rasmiy ta’ziya maktubi yo’lladi Mirziyoyev o‘z maktubida ushbubida portlashda halok bo‘lganlarning yaqinlariga sabr- bardosh, jarohat olganlarga esa tezroq shifo topishini soragan. HamdaRossiya prezidenti Vladimir Putin ham eron rahbaryatiga xamdarlik bildirgan.
Dunyodan ko’z yumganlarni oxirati obod bo’lsin, jarohatlanganlarga Alloh shifo berib qolgan barchani o’zi panohida asrasin! To’liq videoni DemokratUz YouTube kanalida tomosha qiling!

Muhum xabarlarni Demokrat.uz da kuzatib boring!