Rossiyada mehnat migrantlari uchun o‘z maqomini qonuniylashtirish muddati uzaytirildi
Rossiya prezidenti Vladimir Putin mehnat muhojirlari uchun o‘z maqomini qonuniylashtirish muddatini uzaytirdi. Huquqiy hujjatlar portalida davlat rahbarining tegishli farmoni paydo bo‘ldi.
Rossiya Federatsiyasi hududida noqonuniy bo‘lgan chet el fuqarolari yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar 2025-yil 10 sentabrgacha o‘z huquqiy holatini tartibga solishi yoki mamlakatni tark etishi kerak.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!