O‘zbekiston

Shavkat Mirziyoyev Xonqa tumanidagi “Sobirjon Yusuf” oilaviy fermer xo‘jaligi dalasida bo‘ldi

Shavkat Mirziyoyev Xonqa tumanidagi “Sobirjon Yusuf” oilaviy fermer xo‘jaligi dalasida bo‘ldi

Shavkat Mirziyoyev Xonqa tumanidagi “Sobirjon Yusuf” oilaviy fermer xo‘jaligi dalasida bo‘ldi. Uning rahbari Oyimjon Otajanova 73 yoshda. Xo‘jalikda yiliga 50 ming tupdan ortiq ko‘chatlar o‘stirib, sotiladi. Ularning yillik daromadi bir milliard so‘mdan ortadi.

Ushbu xizmatlarini inobatga olib, prezident Oyimjon Otajanovani “O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan qishloq xo‘jaligi xodimi” unvoni bilan mukofotlashga qaror qildi.