O‘zbekiston, Siyosat, Yangiliklar

Mirziyoyev Putinga telefon qildi

Mirziyoyev Putinga telefon qildi

Bugun, 3-may kuni O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Rossiya rahbari Vladimir Putin o‘rtasida bo‘lib o‘tgan telefon orqali muloqotda mamlakatlar o‘rtasidagi keng qamrovli strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada rivojlantirish va mustahkamlashning dolzarb masalalari muhokama qilingan.

Tomonlar o‘zaro tovar ayirboshlash sur’atini saqlab qolish, iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlarida hamkorlik loyihalarini jadallashtirish va hududlar hamda biznes darajasidagi faol muloqotlarni davom ettirishga qaratilgan bir qator muvofiqlashtirilgan tadbirlarni amalga oshirish zarurligini ta’kidlagan.