Navoiydagi savdo majmualaridan biri yonib ketdi
FVV bir soatdan ko‘p vaqt davom etgan yong‘in yuzasidan ma’lumot berdi.
Avvalroq, ijtimoiy tarmoqlarda Navoiydagi savdo majmuasi yonayotgani haqida xabarlar tarqaldi. Holat yuzasidan FVV Matbuot xizmati ma’lumot berdi.
Ma’lum qilinishicha, bugun, 6 may kuni soat 05:15 da Navoiy viloyati Karmana tumani “Arg‘un” MFY «Arg‘un shoh» ko‘chasida joylashgan savdo majmualarining birida yong‘in sodir bo‘layotganligi to‘g‘risida «112» tizimi orqali FVBGA xabar kelib tushgan.
Shunga ko‘ra, yong‘in-qutqaruv ekipajlari soat 05:18 da hodisa joyiga yetib borib, yong‘in soat 05:50 da qurshab olingan va 06:24 da bartaraf etilgan.
Yong‘inda savdo majmuaning 200 kv.m maydoni ichki qismi hamda mahsulotlari yongan. Yong‘inni bartaraf etishga 6 ta asosiy turdagi hamda 1 ta maxsus turdagi texnika jalb etilgan.
«Hodisa oqibatida tan-jarohati olganlar to‘g‘risida ma’lumot kelib tushmagan», – deyiladi xabarda.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!