Toshkent shahri Mirzo Ulug‘bek tumanidagi sanoat hududida qurilayotgan “Botanika” turar joy majmuasi atrofida sud janjali avj oldi. Tadbirkorlar bu qurilish amaldagi me’yorlarga zid ravishda olib borilayotganini aytib, sudga murojaat qilishgan.
Sud jarayonida Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik qo‘mitasi binoning joylashuvi talablarga mos emasligini, Favqulodda vaziyatlar bo‘limi esa oraliq masofalarning buzilganini tasdiqlagan.
Sud bir necha bosqichdan o‘tdi: dastlabki instansiya da’volarni rad etdi, keyinchalik apellyatsiya sudi qarorni bekor qildi, ammo taftish instansiyasi yana avvalgi qarorni o‘z kuchida qoldirdi. Oliy sud esa apellyatsiya sudi qarorini quvvatladi.
Bosh prokuror bu qarorni bekor qilish uchun protest kiritgan.
📣 Sobiq deputat Rasul Kusherbayev buni quyidagicha izohladi: “Qurilish sohasida noma’lum va tushunarsiz vaziyatlar hanuz davom etmoqda.”
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!