Turkiya Mubashshir Ahmadni O‘zbekistonga topshirdi
Mubashshir Ahmad O‘zbekistonga deportatsiya qilingan. Uni 9 may kuniyoq shoshilinch tarzda deportatsiya qilishmoqchi bo‘lishgan, lekin jamoatchilik aralashuvi tufayli Edirnega jo‘natilgan.
«Edirnedagi Migratsiya idorasida razvedka nazorati ostida saqlangan, keyinchalik shanba kuni yana Istanbulga qaytarilgan. Bu orada u yuridik tizimdan chetlab o‘tilgan va noqonuniy tarzda O‘zbekistonga topshirilgan”, deyiladi turkiyalik advokat Ibrohim Erginning bayonotida.
Unga ko‘ra, xavfsiz joy istab, boshpana so‘rab kelgan insonni mamlakatiga qaytarib berib yuborish ham qonuniy, ham diniy va ham vijdoniy jihatdan joiz emas.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!