Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanida yashovchi 5 nafar aka-ukalarning uyi va hovlisi xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganda, 9 kilogramm 14 gramm marixuana topildi. Bu haqda rasmiy idoralar xabar berdi.
Tergov jarayonida uydan 1 tup kannabis, 1 dona pnevmatik qurol, 21 dona patron, 19 dona gilza, 1 dona rezina tayoq (dubinka) va 2 dona sovuq qurol ashyoviy dalil sifatida olib qo‘yilgan.
Shuningdek, aka-ukalarning sherigi — 1970-yilda tug‘ilgan shaxsning uyidan ham 7 dona quruq kannabis va chekish moslamasi topilgan.
Hozirda mazkur shaxslarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!