Madaniyat

Italiyaning “Rai 3” telekanali ijodiy guruhi O‘zbekistonda

Italiyaning “Rai 3” telekanali ijodiy guruhi O‘zbekistonda

O‘zbekistonning turistik salohiyatini Italiyada keng targ‘ib qilish maqsadida Turizm qo‘mitasi hamda mamlakatimizning Rimdagi Elchixonasi hamkorligida Italiya Respublikasining mashhur “Rai 3” telekanali ijodiy guruhining O‘zbekistonga safari tashkil etildi.

Tashrif davomida ijodiy guruh vakillari Farg‘ona, Samarqand, Navoiy, Buxoro va Toshkent shaharlarida tasvirga olish ishlarini amalga oshirdilar. Ular Toshkentda zamonaviy shahar hayoti bilan, Samarqand va Buxoroda qadimiy me’moriy yodgorliklar bilan, Navoiy viloyatida esa safari va etno turizm imkoniyatlari bilan yaqindan tanishdilar.

Mazkur loyiha O‘zbekistonning turizm salohiyatini nafaqat Italiyada, balki keng Yevropa bozorida ham targ‘ib qilishni, shuningdek, mamlakatimizning tarixiy, madaniy, gastronomik, safari va etno turizmini namoyish etish orqali Italiyalik sayyohlar oqimini oshirishni maqsad qilgan.