Koreya Xalq Demokratik Respublikasi bugun Yapon dengizi tomon ballistik raketa uchirdi, deb xabar bermoqda Yonhap agentligi.
Janubiy Koreya Qurolli Kuchlari shtab boshliqlari birlashgan qo‘mitasi ma’lum qilishicha, sinov tafsiloti haqida qo‘shimcha ma’lumot berilmagan, raketa yetib borgan joy ham ma’lum emas.
Agentlik yozishicha, Shimoliy Koreya oxirgi marta 22 noyabr kuni raketa uchirishga uringan, ammo harakat muvaffaqiyatsiz chiqqan.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!