O‘zbekiston

Namangan viloyat hokimining o‘rinbosari – Saidahmad Sultonov qamoqqa olindi

Namangan viloyat hokimining o‘rinbosari – Saidahmad Sultonov qamoqqa olindi

Namangan viloyati hokimining qurilish, kommunikatsiyalar, kommunal xo‘jalik, ekologiya va ko‘kalamzorlashtirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari o‘rinbosari Saidahmad Sultanov yerlarni noqonuniy sotish bilan bog‘liq ish doirasida qo‘lga olingan. Bu haqda Bugun.uz xabar bermoqda.

Eslatib o‘tamiz, bugun Namangan viloyati hokimligida o‘tkazilgan navbatdan tashqari sessiyala Namangan shahar hokimi lavozimida ishlagan G‘ofir Jamolov viloyat hokimining qurilish, kommunikatsiyalar, kommunal xo‘jalik, ekologiya va ko‘kalamzorlashtirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari etib tayinlandi. Aynan ushbu lavozimda bungacha Saidahmad Sultonov faoliyat olib borayotgan edi.

Ma’lumot uchun, avvalroq sobiq Qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitov korrupsiyaviy jinoyat sodir etganlikda gumonlanib, Bekobod tumani hokimi Shuhrat Mirzayev korrupsiyaga qarshi kurashish tadbiri doirasida budjet pullarini o‘zlashtirganlikda gumonlanib, qo‘lga olingani xabar qilingan edi.