Markaziy bankning Buxoro viloyati boshqarmasi boshligʻi Erkin Mansurov hibsga olindi. Bu haqda “Bugun.uz” internet-nashri oʻz manbasiga tayanib xabar bermoqda.
Maʼlum qilinishicha, Erkin Mansurov Jinoiy guruhlar bilan til biriktirib, noqonuniy kredit ajratishga yordam bergan va juda katta miqdorda – 20 million dollardan ortiq pul mablagʻlarini oʻzlashtirishda ishtirok etgan.
Erkin Mansurov — 2012-yildan 2021-yilgacha “Ipoteka-bank” aksiyadorlik tijorat bankining Buxoro viloyati filiali boshqaruvchisi lavozimida ishlab kelgan. 2021-yilda Markaziy bank Buxoro viloyati bosh boshqarmasi boshligʻi lavozimiga tayinlangan.
U 1979-yil Buxoro viloyatida tugʻilgan. Mehnat faoliyatini “Paxtabank” (hozirgi “Agrobank”) Buxoro viloyati filialidan boshlagan. Keyinchalik Markaziy bank Buxoro viloyat bosh boshqarmasiga oʻtib, turli lavozimlarda faoliyat yuritgan.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!