«Yangi yil» bayramida ish haftasining turidan qat’i nazar barcha xodimlar ketma-ket 3 kun dam olishadi: 30-dekabr — shanba, 31-dekabr — yakshanba, 1-yanvar — dushanba (bayram kuni) kunlari.
2024-yilda 5 kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar uchun dam olish kunlari quyidagi tartibda ko‘chirilishi mumkin:
6-yanvar — shanba kunidan 2-yanvar — seshanba kuniga. Shunda 2-yanvar seshanba 5 kunliklar uchun dam olish hisoblanib, 6-yanvar — shanba esa ish kuni bo‘ladi.
6 kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar uchun esa 2-yanvar seshanba qo‘shimcha dam olish kuni sifatida belgilanishi mumkin.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!