Jahon

Germaniya sudi Rossiya aktivlarini bo’yicha izoh berdi

Germaniya sudi Rossiya aktivlarini bo’yicha izoh berdi
Foto: Ria Novosti

Germaniya Bosh prokuraturasining Rossiya aktivlarining bir qismini musodara qilish to’g’risidagi so’rovi hali ham dastlabki ko’rish bosqichida, asosiy sud jarayoni boshlanishi bo’yicha qaror yo’q. Bu haqda Frankfurt-na-Mayn sudi vakiliga tayanib, “TASS” xabar bermoqda.

Avvalroq Germaniya Bosh prokuraturasi Rossiya aktivlarining 720 million yevrodan ortiq qismini hibsga olish va ular bilan davlat byudjetini to‘ldirish talabi bilan sudga so‘rov yuborgani ma’lum bo‘lgan edi.

TASS suhbatdoshining qayd etishicha, hozir jarayon oraliq bosqichda, uning davomida jinoiy ishlar bo‘yicha sud hay’ati Rossiya Federatsiyasi aktivlarini musodara qilish jarayoni doirasida arizani ko‘rib chiqish uchun qabul qilish yoki qabul qilmaslik to‘g‘risida qaror qabul qiladi.

Sud vakilining aniqlik kiritishicha, tomonlar sudga o‘z arizalarini taqdim etishlari mumkin bo‘lgan muddat hali tugamagan. Shu munosabat bilan, arizani ko‘rib chiqish uchun qabul qilish yoki qabul qilmaslik to‘g‘risidagi qaror qachon qabul qilinishini hozircha aytish mumkin emas.