Oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida tashkil etilgan “Zakovat” intellektual olimpiadasining respublika bosqichi yakunlanib, g‘oliblar o‘z mukofotlarini qo‘lga kiritdi.
Prezident maslahatchisi Saida Mirziyoyeva O‘zbekistonda “Zakovat” kabi intellektual loyihalar ko‘proq bo‘lishi lozimligini ta’kidladi.
“Biz Prezidentimizning ilm-fan, ta’lim, intellektual salohiyat – mamlakatimiz taraqqiyotining zarur sharti ekani haqidagi siyosatiga xayrixoh bo‘lgan minglab insonlarni birlashtira oldik.
Mamlakatimizga “Zakovat” kabi tashabbuslar ko‘proq kerak. Biz kelajagimizga sarmoya kiritishimiz lozim!”, — dedi Mirziyoyeva.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!