Jahon

AQSHda 48 yildan buyon nohaq qamoqda o‘tirgan fuqaro ozod etildi

AQSHda 48 yildan buyon nohaq qamoqda o‘tirgan fuqaro ozod etildi

Amerikaning Oklaxoma shtati sudi qilmagan qotilligi uchun ayblanib, 48 yildan buyon nohaq turmada saqlangan kishini oqladi, deb xabar bermoqda NBC News.

Telekanal ma’lumotiga ko‘ra, ushbu hodisa AQSH tarixida ayblov bekor qilingan eng uzoq muddatli qamoq jazosi hisoblanadi. Bu yerda gap 71 yoshli Glinn Simmons haqida boryapti.

“Aniq va ishonchli dalillarga asoslanib xulosa qilish mumkinki, qotillik uchun hukm qilingan va turmaga tashlangan Simmons, aslida, jinoyat sodir etmagan” – deyiladi hakam Emi Palumbo chiqargan qarorda.

Dastlab “jinoyatchi”ga o‘lim jazosi tayinlangan, biroq keyinroq hukm umrbod qamoq jazosiga almashtirilgan. So‘nggi qaror Simmonsga yo‘l qo‘yilgan xato uchun shtatdan 175 ming dollar tovon puli undirish huquqini beradi.