Jahon

2023 yilning eng mashhur havo yo‘nalishi ma’lum qilindi

2023 yilning eng mashhur havo yo‘nalishi ma’lum qilindi

2023 yilda eng mashhur havo yo‘nalishi Singapur va Malayziya poytaxti Kuala-Lumpur o‘rtasidagi parvoz bo‘ldi, deb xabar bermoqda mir24.tv.

Yo‘nalishning har ikki tomonida uchadigan samolyotlarda mavjud bo‘lgan o‘rinlarning umumiy soni 4,9 milliontaga yetdi, bu 2022 yilga nisbatan 1,5 barobar ko‘p. Ikki shahar orasidagi parvoz vaqti taxminan bir soat.

Ikkinchi o‘rinda Qohira-Jidda yo‘nalishi, uchinchi o‘rinda Gonkong-Taybey yo‘nalishi bo‘ldi. Samolyotda mavjud bo‘lgan o‘rinlar umumiy sonining eng tez o‘sishi Seul-Osaka va Seul-Tokio yo‘nalishlarida qayd etildi, deb xabar bermoqda Britaniya tadqiqot kompaniyasi.