Shveysariya Ukraina mojarosi munosabati bilan yangi sanksiyalar kiritishda Yevropa Ittifoqiga (YeI) ergashdi. Bu haqda mamlakat Federal kengashi saytida e’lon qilingan bayonotda aytiladi, deb yozadi “RIA Novosti”.
“2023-yil 18-dekabrda YeI Rossiyaga qarshi 12-sanksiya paketi doirasida yangi choralar to‘g‘risida qaror qabul qildi. DEFR 2023-yil 21-dekabrda o‘z vakolatlari doirasida Shveytsariyaning sanktsiyalar rejimini 61 nafar jismoniy shaxs va yana 86 ta kompaniya va tashkilotga kengaytirdi”, — deyiladi hujjatda.
Sanksiyalar, birinchi navbatda, Belarus Qurolli Kuchlari harbiy xizmatchilari, harbiy-sanoat korxonalari rahbarlari, shuningdek, Rossiya Markaziy saylov komissiyasi aʼzolariga nisbatan qoʻllaniladi. Bundan tashqari, cheklovlar Rossiya qurol ishlab chiqaruvchi korxonalarga ta’sir ko’rsatdi.
Qayd etilishicha, chora-tadbirlar 21 dekabr kuni Moskva vaqti bilan soat 20:00 dan kuchga kirdi.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!