Adliya vazirligining Intellektual Mulk maʼlumotlariga koʻra, 21 dekabr kuni “Elsun Sharob” spirtli ichimliklar zavodi “Слово пацана” (“Yigitlar soʻzi”) savdo belgisini roʻyxatdan oʻtkazish uchun ariza topshirgan.
“Elsun Sharob” O‘zbekiston-Buyuk Britaniya qo‘shma korxonasi 2000-yilda tashkil etilgan. Bu yerda aroq, damlamalar, balzamlar va turli alkogolli ichimliklar ishlab chiqariladi.
Eslatib o‘tamiz, xuddi shu nomdagi seriyalarga bo‘lgan qiziqish tufayli rossiyalik ishlab chiqaruvchilar kosmetika, chiplar, urug‘lar, kolbasa va boshqa mahsulotlar ishlab chiqarish uchun brendni ro‘yxatdan o‘tkazish uchun arizalar topshirgan.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!