Jahon

Netanyaxu G‘azo sektorida harbiy amaliyotlar kengaytirilganini e’lon qildi

Netanyaxu G‘azo sektorida harbiy amaliyotlar kengaytirilganini e’lon qildi

Isroil Bosh vaziri Benyamin Netanyaxu Isroil mudofaa kuchlari G‘azo sektoridagi harbiy amaliyotlarini kengaytirayotganini aytdi. Bu haqda 24-dekabr, yakshanba kuni RIA Novosti xabar berdi.

Isroil hukumati rahbarining qayd etishicha, bu HAMAS harakatini yo‘q qilish va garovga olinganlarni ozod qilishning yagona yo‘li. Uning qo‘shimcha qilishicha, operatsiya vaqt talab qilsa-da, “Isroil oxirigacha kurashishga qaror qilgan”. “Hamas toʻliq magʻlub boʻlguncha urushni davom ettiramiz”, dedi Netanyaxu.