26 va 27 dekabr, seshanba va chorshanba kunlari O‘zbekistonning barcha hududlarida yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda, deb xabar berdi “O‘zgidromet”.
26 dekabr kuni Toshkent, Samarqand, Sirdaryo va Jizzax viloyatlarida sinoptiklar kechasi +4…+9°, kunduzi +8…+13° bo‘lishini taxmin qilmoqda.
27 dekabr kuni ushbu hududlarda havo harorati kechasi +2…+7°, kunduzi +8…+13° bo‘ladi.
28 dekabr kuni havo harorati kunduzi +10…+15 darajagacha isishi kutilmoqda. Kechasi termometr +2…+7° gacha tushadi.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!