Jahon

Isroil BMTni bitta imtiyozdan mahrum qiladi

Isroil BMTni bitta imtiyozdan mahrum qiladi

Isroil hukumati tez orada BMT xodimlari uchun barcha vizalar avtomatik ravishda tasdiqlanadigan qoidani bekor qiladi. Tashkilotning bunday imtiyozdan mahrum etilishi uning pozitsiyasi va HAMASning Isroilga qarshi tajovuzini qoralashdan bosh tortishi bilan bog’liq. Bu haqda Isroil hukumati vakili Eylon Levi X ijtimoiy tarmog‘ida ma’lum qildi.

“Biz global mas’uliyatni va o’rnak bo’lishni talab qilamiz. Isroil Tashqi ishlar vazirligi BMT xodimlarining viza soʻrovlari endi avtomatik tarzda tasdiqlanmasligini maʼlum qildi. Buning o‘rniga biz so‘rovlarni alohida o‘rganamiz”, — dedi u videomurojaati chog‘ida.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Tel-Aviv “Hamas terrorchilarining tashviqot mashinasi bilan hamkorlik qilib, ularga tirik qalqon sifatida odamlar orqasiga yashirinishga imkon beradigan” tashkilotlar bilan hamkorlikni to‘xtatmoqchi.