O‘zbekiston

Qalbaki aksiz markali alkogol mahsulotlarini muomalaga kiritilishining oldi olindi

Qalbaki aksiz markali alkogol mahsulotlarini muomalaga kiritilishining oldi olindi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Guliston va Yangiyer shahri hamda Ishtixon tuman bo‘limlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirlarda “L.S.”, “Sh.G‘.” MCHJ va “A.S.” xususiy korxonasiga qarashli savdo do‘konlarida hech qanday hujjatsiz jami 1 189 dona qalbaki aksiz markali alkogol mahsulotlari sotuvga qo‘yilganligi aniqlanib, ashyoviy dalil sifatida olingan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.