Jahon

Liberiyada avtosisterna portlashi oqibatida 40 kishi halok bo‘ldi

Liberiyada avtosisterna portlashi oqibatida 40 kishi halok bo‘ldi

Liberiyaning markaziy qismida avtosisterna portlashi oqibatida 40 kishi halok bo‘ldi, o‘nlab odamlar yaralandi. Bu haqda Liberian Observer nashri Sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari va bosh shifokor Frensis Katexkega tayanib xabar berdi.

Avvalroq Agence France-Presse politsiyaga tayanib, 15 kishi halok bo‘lgani, 30 dan ortiq kishi jarohatlangani haqida xabar bergan edi.

Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, 26 dekabr kuni Liberiyaning Bong grafligidagi Totota shahrida avtosisterna yo‘ldan chiqib ketgan va yonib ketgan.

Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, voqea sodir bo‘lganidan keyin bir necha kishi to‘kilgan yoqilg‘ini yig‘ishga uringan, natijada portlash sodir bo‘lgan.

Halok bo‘lganlar orasida bir ayol va olti va to‘qqiz yosh oralig‘idagi uch bola bor, dedi sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari kechagi brifingda.

Uning qayd etishicha, qurbonlar soni ortishi mumkin.