Jahon

Qirg‘izistonning milliy ramzi sifatida qor qoploni tanlandi

Qirg‘izistonning milliy ramzi sifatida qor qoploni tanlandi

Bu haqda mamlakat prezidenti Sadir Japarov tegishli farmonni imzolagan.

«Qop qoploni nafaqat tabiat boyligi, madaniy farovonlik, shuningdek, tog‘ ekotizimining barqarorlik va sog‘lomlik indikatori ham hisoblanadi. Qadimiy qirg‘iz xalqining madaniyatida qor qoploni ulug‘vorlik, olihimmatlik, jasurlik, mardlik va matonat timsoli bo‘lgan”, — deyiladi Qirg‘iziston prezidenti matbuot xizmati xabarida.