O‘zbekiston

Rud Pedersen “Korzinka”ning yangi bosh direktori bo‘ldi

Rud Pedersen “Korzinka”ning yangi bosh direktori bo‘ldi

2022-yil avgust oyidan beri kompaniyada moliyaviy direktor sifatida ishlab kelayotgan Rud Pedersen 2024-yildan boshlab “Korzinka” supermarketlar tarmog‘i bosh direktori bo‘ladi.

Bungacha bosh direktor sifatida ishlab kelgan Akmal Asadov direktor o‘rinbosari sifatida kompaniyada faoliyatini davom ettiradi.

Rud Pedersen 27 yillik faoliyati davomida Rossiyaning “Lenta” va Carlsberg Eastern Europe gipermarketlar tarmog‘ida moliyaviy direktor sifatida ishlagan. Deloitte, Levi Strauss, AstraZenica kabi kompaniyalarda ham muhim lavozimda faoliyat olib borgan.