Joriy yilning 3-yanvar kuni soat 19:40 larda 4P-146 avtomobil yo‘lining Farg‘ona tumani Yangiobod MFY hududidan o‘tgan qismida «Nexia -3» rusumli avtomashina ikkinchi darajali yo‘ldan asosiy yo‘lga shoshilib chiqishi oqibatida, asosiy yo‘lda harakatlanib kelayotgan «Tracker» rusumli avtomashinaga urilib, YTH sodir qilgan. Bu haqda viloyat IIB xabar berdi.
Natijada «Nexia -3» avtomobilida bo‘lgan 2 nafar yo‘lovchi tan jarohati olib, voqea joyida vafot etgan. Yana 3 nafar yo‘lovchilar shifoxonaga yotqizilgan.
Mazkur holat yuzasidan JKning 266-moddasi 3-qismi «a» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!