Jahon

Turkiyada 18 davlat tomonidan qidiruvga berilgan 56 kishi qo‘lga olindi

Turkiyada 18 davlat tomonidan qidiruvga berilgan 56 kishi qo‘lga olindi

Turkiyada 18 davlat tomonidan Interpol orqali xalqaro qidiruvga berilgan 56 kishi qo‘lga olindi. Bu haqda Kazinform agentligi Trendga tayanib xabar berdi.

Turkiya ichki ishlar vaziri Ali Yerlikayaga ko‘ra, Ozarbayjon, AQSH, Germaniya, BAA, Belarus, Marokash, Falastin, Hindiston, Isroil, Eron, Qatar, Qozog‘iston, Moldova, O‘zbekiston, Rossiya, Saudiya Arabistoni, Turkmaniston va Iordaniya tomonidan 56 kishi qidiruvga berilgan 56 kishi Turkiyada o‘tkazilgan operatsiya natijasida qo‘lga olindi.

Aniqlanishicha, qo‘lga olinganlar jinoiy tashkilotga a’zolik, narkotik moddalar savdosi, jinoiy daromadlarni legallashtirish, talonchilik, firibgarlik, o‘g‘irlik, qotillik, kontrabanda, poraxo‘rlik va korrupsiya va boshqa jinoyatlarda ayblanib qidiruvga berilgan.