Tesla o‘tgan yilning so‘nggi choragida global elektromobillar savdosi bo‘yicha yetakchilikni yo‘qotdi. Birinchi marta Ilon Mask kompaniyasini xitoylikliklar ortda qoldirishdi.
2023 yilning oxirgi choragida BYD 525 409 ta elektromobil sotgan. Tesla shu davrda 484 507 ta mashina sotgan.
Bu Xitoyning avtomobil ishlab chiqaruvchi mamlakat sifatida kuchayib borayotganini ko‘rsatadi.
Shunga qaramay, amerikalik avtomobil ishlab chiqaruvchisi umumiy yillik sotish hajmi bo‘yicha yetakchi bo‘lib qolmoqda va savdo sur’atlarini oshirishda davom etmoqda.
O‘tgan yilning oktyabr va dekabr oylari orasida uning sotuvi Wall Street tahlilchilari prognoz qilganidan 20 foizga oshdi.
Hammasi bo‘lib Tesla 2023 yilda o‘z mijozlariga bir million sakkiz yuz ming elektromobil yetkazib berdi, bu o‘tgan yilga nisbatan 38 foiz yuqori.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!